وَعَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَا مِنْ رَجُلٍ لَا يُؤَدِّي زَكَاةَ مَالِهِ إِلَّا جَعَلَ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فِي عُنُقِهِ شُجَاعًا» ثُمَّ قَرَأَ عَلَيْنَا مِصْدَاقَهُ مِنْ كِتَابِ اللَّهِ: (وَلَا يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يبلخون بِمَا آتَاهُم الله من فَضله) الْآيَة. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ وَابْن مَاجَه
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Mol-mulkining zakotini ado etmagan har bir kishining boʻyniga Alloh qiyomat kuni (zaharli) ilonni oʻrab qoʻyadi», dedilar. Soʻng bizga buning tasdigʻini Allohning Kitobidan oʻqib berdilar: {Alloh Oʻz fazlidan ato etgan narsaga baxillik qiladiganlar uni oʻzlari uchun yaxshi deb hisoblamasinlar} (Oli Imron 180) oyati. Termiziy, Nasoiy va Ibn Moja rivoyat qilgan.