عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: فِي آخِرِ رَمَضَانَ أخرجُوا صَدَقَة صومكم. فرض رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ هَذِهِ الصَّدَقَةَ صَاعًا مِنْ تَمْرٍ أَوْ شَعِيرٍ أَوْ نِصْفَ صَاعٍ مِنْ قَمْحٍ عَلَى كُلِّ حُرٍّ أَوْ مَمْلُوكٍ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى صَغِيرٍ أَوْ كَبِيرٍ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Hasan (al-Basriy rahimahulloh) aytdi: Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) ramazon oxirida Basra minbarida xutba qilib: «Roʻzangiz sadaqasini (fitrni) chiqaringlar!» dedilar. Goʻyo odamlar (buni) bilmadilar shekilli, shunda u: «Bu yerda Madina ahlidan kim bor? Birodarlaringiz oldiga turib boringlar va ularga oʻrgatinglar, chunki ular bilmaydilar», dedilar. (Soʻng dedilar:) «Rasululloh ﷺ bu sadaqani har bir hur yoki qul, erkak yoki ayol, kichik yoki katta nomidan bir soʼ xurmo yoki arpa, yoxud yarim soʼ bugʻdoy qilib farz qildilar». Ali (roziyallohu anhu) (Basraga) kelganida, narx arzonlashganini koʻrib: «Alloh sizlarga (rizqni) keng qildi, agar uni har bir narsadan bir soʼ qilsangizlar (boʻlardi)», dedi. Humayd aytdi: Hasan roʻza tutgan kishi ramazon sadaqasini (berishini) lozim deb bilar edi.