عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعَثَ مُنَادِيًا فِي فِجَاجِ مَكَّةَ: «أَلَا إِنَّ صَدَقَةَ الْفِطْرِ وَاجِبَةٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى حُرٍّ أَوْ عَبْدٍ صَغِيرٍ أَوْ كَبِيرٍ مُدَّانِ مِنْ قَمْحٍ أَوْ سِوَاهُ أَوْ صَاع من طَعَام» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Amr ibn Shuʼayb otasidan, u bobosidan rivoyat qiladiki, Nabiy ﷺ Makka koʻchalariga bir jarchini yuborib: «Ogʻoh boʻlinglar! Fitr sadaqasi har bir musulmonga — erkak boʻlsin yoki ayol, ozod boʻlsin yoki qul, kichik boʻlsin yoki katta boʻlsin — vojibdir: bugʻdoydan ikki mudd yoki undan boshqasidan bir soʼ taomdir», deb (eʼlon qildirdilar). Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Umar ibn Horun bu hadisni Ibn Jurayjdan rivoyat qilib, Abbos ibn Miyno orqali Nabiy ﷺdan deb keltirgan va bu hadisning baʼzisini zikr qilgan.