عَنْ أَبِي رَافِعٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعَثَ رَجُلًا مِنْ بَنِي مَخْزُومٍ عَلَى الصَّدَقَةِ فَقَالَ لِأَبِي رَافِعٍ: اصْحَبْنِي كَيْمَا تُصِيبُ مِنْهَا. فَقَالَ: لَا حَتَّى أَتَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَسْأَلَهُ. فَانْطَلَقَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَأَلَهُ فَقَالَ: «إِنَّ الصَّدَقَةَ لَا تَحِلُّ لَنَا وَإِنَّ مَوَالِيَ الْقَوْمِ مِنْ أَنْفُسِهِمْ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Abu Rofiʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ Banu Maxzumdan bir kishini sadaqa (yigʻish)ga yubordilar. U Abu Rofiʼga: «Men bilan birga bor, undan (sadaqadan) senga ham tegar», dedi. U: «Yoʻq, toki Rasululloh ﷺning oldilariga borib, u zotdan soʻramagunimcha (bormayman)», dedi. Soʻng u Nabiy ﷺning oldilariga borib, soʻradi. U zot: «Albatta, sadaqa bizga halol boʻlmaydi, qavmning mavolisi (ozod qilingan qullari) ham oʻzlaridan (ularning bir qismi)dir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Nabiy ﷺning mavlosi Abu Rofiʼning ismi Aslamdir. Ibn Abu Rofiʼ esa Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)ning kotibi Ubaydulloh ibn Abu Rofiʼdir.