وَعَنْ حَكِيمِ بْنِ حِزَامٍ قَالَ: سَأَلَتْ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَعْطَانِي ثُمَّ سَأَلْتُهُ فَأَعْطَانِي ثُمَّ قَالَ لِي: «يَا حَكِيمُ إِنَّ هَذَا الْمَالَ خَضِرٌ حُلْوٌ فَمَنْ أَخَذَهُ بِسَخَاوَةِ نَفْسٍ بُورِكَ لَهُ فِيهِ وَمَنْ أَخَذَهُ بِإِشْرَافِ نَفْسٍ لَمْ يُبَارَكْ لَهُ فِيهِ. وَكَانَ كَالَّذِي يَأْكُلُ وَلَا يَشْبَعُ وَالْيَدُ الْعُلْيَا خَيْرٌ مِنَ الْيَدِ السُّفْلَى» . قَالَ حَكِيمٌ: فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ وَالَّذِي بَعَثَكَ بِالْحَقِّ لَا أَرْزَأُ أَحَدًا بَعْدَكَ شَيْئًا حَتَّى أُفَارِقَ الدُّنْيَا "
Hakim ibn Hizom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺdan (biror narsa) soʻradim, u zot menga berdilar. Soʻng yana soʻradim, yana berdilar. Soʻng menga: «Ey Hakim, bu mol koʻm-koʻk, shirindir. Kim uni nafsi saxovati bilan olsa, unga barakali qilinadi. Kim uni nafsi ochkoʻzligi bilan olsa, unga barakasiz boʻladi. U yeb-yeb toʻymaydigan kishiga oʻxshaydi. Yuqori qoʻl quyi qoʻldan yaxshiroqdir», dedilar. Hakim aytadi: «Ey Allohning Rasuli, sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, sizdan keyin dunyodan ketgunimcha hech kimdan hech narsa olmayman», dedim. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.