وَعَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعْطِينِي الْعَطَاءَ فَأَقُولُ: أَعْطِهِ أَفْقَرَ إِلَيْهِ مِنِّي. فَقَالَ: «خُذْهُ فَتَمَوَّلْهُ وَتَصَدَّقْ بِهِ فَمَا جَاءَكَ مِنْ هَذَا الْمَالِ وَأَنْتَ غَيْرُ مُشْرِفٍ وَلَا سَائِلٍ فَخذه. ومالا فَلَا تتبعه نَفسك»
(Zuhriydan (yana rivoyat qilinadiki,) Salim ibn Abdulloh aytdi: Abdulloh ibn Umar dedi:) Men Umarning shunday deganini eshitdim: Paygʻambar ﷺ menga ato (ulush) berar edilar, men esa: «Buni mendan koʻra muhtojroq (kishi)ga bering», der edim. Hatto U zot bir marta menga mol berdilar, men: «Buni — mendan koʻra unga muhtojroq boʻlgan kishiga bering», dedim. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Uni ol-da, (oʻzingga) mol qil va undan sadaqa qil. Mana shu moldan — sen (uni) koʻzlamagan va soʻramagan holda — senga kelganini ol; boʻlmaganini esa oʻz nafsingni unga ergashtirma (quvma)», dedilar.