وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: انْتَهَيْتُ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ جَالِسٌ فِي ظِلِّ الْكَعْبَةِ فَلَمَّا رَآنِي قَالَ: «هُمُ الْأَخْسَرُونَ وَرَبِّ الْكَعْبَةِ» فَقُلْتُ: فَدَاكَ أَبِي وَأُمِّي مَنْ هُمْ؟ قَالَ: " هُمُ الْأَكْثَرُونَ أَمْوَالًا إِلَّا مَنْ قَالَ: هَكَذَا وَهَكَذَا وَهَكَذَا مِنْ بَين يَدَيْهِ وَمن خَلفه وعني مينه وَعَن شِمَاله وَقَلِيل مَا هم "
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: men Nabiy ﷺ ning oldilariga keldim, u zot Kaʼba soyasida oʻtirgan edilar. Meni koʻrganlarida: «Kaʼbaning Robbiga qasamki, ular — eng ziyon koʻrguvchilardir», dedilar. (Abu Zarr) aytdi: men kelib oʻtirdim, biroq tinch oʻtirolmay turib: «Yo Rasululloh, otam-onam sizga fido boʻlsin, ular kimlar?» dedim. U zot: «Ular — moli eng koʻp boʻlganlardir, magar (molini) mana bunday, mana bunday va mana bunday — oldidan, ortidan, oʻngidan va chapidan (infoq qilib) sarflaganlar bundan mustasno; bundaylar esa ozdir. Tuya, sigir va qoʻyga ega boʻlib, ularning zakotini ado etmaydigan hech kim yoʻqki, magar (ular) qiyomat kuni boʻlganidan kattaroq va semizroq holda kelib, shoxlari bilan uni suzadi va tuyoqlari bilan bosib oʻtadi; oxirgisi tugagani sayin avvalgisi unga qaytadi — toki odamlar orasida hukm chiqarilgunga qadar», dedilar.