وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عِنْدِي فِي مَرضه سِتَّةُ دَنَانِيرَ أَوْ سَبْعَةٌ فَأَمَرَنِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ أُفَرِّقَهَا فَشَغَلَنِي وَجَعُ نَبِيُّ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثُمَّ سَأَلَنِي عَنْهَا: «مَا فَعَلَتِ السِّتَّةُ أَوِ السَّبْعَة؟» قلت: لَا وَالله لقد كَانَ شَغَلَنِي وَجَعُكَ فَدَعَا بِهَا ثُمَّ وَضَعَهَا فِي كَفِّهِ فَقَالَ: «مَا ظَنُّ نَبِيِّ اللَّهِ لَوْ لَقِيَ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ وَهَذِهِ عِنْدَهُ؟» . رَوَاهُ أَحْمد
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ning kasalliklari chogʻida menda u zotga tegishli olti yoki yetti dinor bor edi. Rasululloh ﷺ menga uni tarqatib yuborishni buyurdilar. Nabiyulloh ﷺ ning ogʻriqlari meni band qilib qoʻydi. Soʻng u zot mendan uni soʻrab: «Olti yoki yetti dinor nima boʻldi?» dedilar. Men: «Yoʻq, Allohga qasamki, ogʻriqlaringiz meni band qilib qoʻygan edi», dedim. Bas, u zot ularni keltirishni buyurdilar va kaftlariga qoʻyib: «Agar Nabiyulloh bular oʻzining huzurida turgan holida aziz va ulugʻ Allohga roʻbaru boʻlsa, u nima deb oʻylaydi?» dedilar. Ahmad rivoyat qilgan.