وَعَنْ جَابِرٍ وَحُذَيْفَةَ قَالَا: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «كُلُّ مَعْرُوف صَدَقَة»
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Har bir yaxshilik sadaqadir. Albatta, birodaring bilan ochiq yuz bilan uchrashishing va oʻz chelagingdan birodaringning idishiga (suv) quyib berishing yaxshilikdandir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir.