وَعَنْ أَبِي مُوسَى الْأَشْعَرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ صَدَقَةٌ» . قَالُوا: فَإِنْ لَمْ يَجِدْ؟ قَالَ: «فَلْيَعْمَلْ بِيَدَيْهِ فَيَنْفَعَ نَفْسَهُ وَيَتَصَدَّقَ» . قَالُوا: فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ؟ أَوْ لَمْ يَفْعَلْ؟ قَالَ: «فيعين ذَا الْحَاجَةِ الْمَلْهُوفَ» . قَالُوا: فَإِنْ لَمْ يَفْعَلْهُ؟ قَالَ: «فيأمر بِالْخَيرِ» . قَالُوا: فَإِن لمي فعل؟ قَالَ: «فَيمسك عَن الشَّرّ فَإِنَّهُ لَهُ صَدَقَة»
(Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ: «Har bir musulmonga sadaqa (lozim)dir» dedilar. Ular: «Agar (sadaqa qiladigan narsa) topmasa-chi?» dedilar. (U zot:) «U holda qoʻllari bilan ishlab, oʻziga foyda keltiradi va sadaqa qiladi» dedilar. Ular: «Agar (buni) qila olmasa yoki qilmasa-chi?» dedilar. (U zot:) «U holda biror muhtoj, dardmandga yordam beradi» dedilar. Ular: «Agar (buni) qilmasa-chi?» dedilar. (U zot:) «U holda yaxshilikka — yoki ‹maʼrufga› — buyuradi» dedilar. (Ular:) «Agar (buni) qilmasa-chi?» dedilar. (U zot:) «U holda yomonlikdan tiyiladi; bas, bu (ham) u uchun sadaqadir» dedilar.