وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «تَبَسُّمُكَ فِي وَجْهِ أَخِيك صَدَقَة وأمرك بِالْمَعْرُوفِ صَدَقَة ن وَنَهْيُكَ عَنِ الْمُنْكَرِ صَدَقَةٌ وَإِرْشَادُكَ الرَّجُلَ فِي أَرْضِ الضَّلَالِ لَكَ صَدَقَةٌ وَنَصْرُكَ الرَّجُلَ الرَّدِيءَ الْبَصَرِ لَكَ صَدَقَةٌ وَإِمَاطَتُكَ الْحَجَرَ وَالشَّوْكَ وَالْعَظْمَ عَن الطَّرِيقِ لَكَ صَدَقَةٌ وَإِفْرَاغُكَ مِنْ دَلْوِكَ فِي دَلْوِ أَخِيكَ لَكَ صَدَقَةٌ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Birodaring yuziga tabassum qilishing — sen uchun sadaqadir; yaxshilikka buyurishing va yomonlikdan qaytarishing — sadaqadir; adashgan yerda kishiga yoʻl koʻrsatishing — sen uchun sadaqadir; koʻzi ojiz kishiga (yoʻlni) koʻrib berishing — sen uchun sadaqadir; yoʻldan toshni, tikanni va suyakni olib tashlashing — sen uchun sadaqadir; oʻz chelagingdan birodaringning chelagiga (suv) quyib berishing — sen uchun sadaqadir», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Ibn Masʼud, Jobir, Huzayfa, Oisha va Abu Hurayradan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan, gʻaribdir.