وَعَنْ بُهَيْسَةَ عَنْ أَبِيهَا قَالَتْ: قَالَ: يَا رَسُول الله مَا لشَيْء الَّذِي لَا يَحِلُّ مَنْعُهُ؟ قَالَ: «الْمَاءُ» . قَالَ: يَا نَبِيَّ اللَّهِ مَا الشَّيْءُ الَّذِي لَا يَحِلُّ مَنْعُهُ؟ قَالَ: «الْمِلْحُ» . قَالَ: يَا نَبِيَّ الله مَا لاشيء الَّذِي لَا يَحِلُّ مَنْعُهُ؟ قَالَ: «أَنْ تَفْعَلَ الْخَيْر خير لَك» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Buhaysa nomli bir ayol otasidan rivoyat qilib aytdi: Otam Paygʻambar ﷺdan (badanlarini boʻsa olishga) izn soʻradi. (Izn berilgach), u zotning koʻylaklari bilan badanlari orasiga (qoʻlini) kiritib, boʻsa ola boshladi va (u zotga) yopishdi. Soʻng: «Ey Allohning Paygʻambari, manʼ qilish halol boʻlmaydigan narsa nima?» dedi. U zot: «Suv», dedilar. U: «Ey Allohning Paygʻambari, manʼ qilish halol boʻlmaydigan narsa nima?» dedi. U zot: «Tuz», dedilar. U yana: «Ey Allohning Paygʻambari, manʼ qilish halol boʻlmaydigan narsa nima?» dedi. U zot: «Yaxshilik qilishing oʻzing uchun yaxshiroqdir», dedilar.