عَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا مِنْ عَبْدٍ مُسْلِمٍ يُنْفِقُ مِنْ كُلِّ مَالٍ لَهُ زَوْجَيْنِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ إِلَّا اسْتَقْبَلَتْهُ حَجَبَةُ الْجَنَّةِ كُلُّهُمْ يَدْعُوهُ إِلَى مَا عِنْدَهُ» . قُلْتُ: وَكَيْفَ ذَلِكَ؟ قَالَ: «إِنْ كَانَتْ إِبِلًا فَبَعِيرَيْنِ وَإِنْ كَانَت بقرة فبقرتين» . رَوَاهُ النَّسَائِيّ
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Har qanday musulmon banda oʻzining har turdagi molidan bir juftini Alloh yoʻlida sarflasa, jannat qorovullarining barchasi uni oʻzlaridagi (savob)ga chaqirib qarshi oladi», dedilar. «Bu qanday boʻladi?» deb soʻradim. U zot: «Agar tuya boʻlsa, ikkita tuya; agar sigir boʻlsa, ikkita sigir (sarflasa shunday boʻladi)», dedilar.