وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنِ اسْتَعَاذَ مِنْكُمْ بِاللَّهِ فَأَعِيذُوهُ وَمَنْ سَأَلَ بِاللَّهِ فَأَعْطُوهُ وَمَنْ دَعَاكُمْ فَأَجِيبُوهُ وَمَنْ صَنَعَ إِلَيْكُمْ مَعْرُوفًا فَكَافِئُوهُ فَإِنْ لَمْ تَجِدُوا مَا تُكَافِئُوهُ فَادْعُوا لَهُ حَتَّى تُرَوْا أَنْ قَدْ كَافَأْتُمُوهُ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim Alloh bilan (Allohning nomi bilan) panoh tilasa, unga panoh bering; kim Allohning nomi bilan soʻrasa, unga bering; kim sizlarni (taklif qilib) chaqirsa, ijobat qiling; kim sizlarga yaxshilik qilsa, unga (xuddi shunday) qaytaring. Agar uni mukofotlaydigan narsa topa olmasangiz, oʻzingizni uni mukofotlagandek his qilguningizcha unga duo qiling», dedilar.