وَعَنْ بُرَيْدَةَ قَالَ: كُنْتُ جَالِسًا عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذْ أَتَتْهُ امْرَأَةٌ فَقَالَت يَا رَسُول الله إِنِّي كنت تَصَدَّقْتُ عَلَى أُمِّي بِجَارِيَةٍ وَإِنَّهَا مَاتَتْ قَالَ: «وَجَبَ أَجَرُكِ وَرَدَّهَا عَلَيْكِ الْمِيرَاثُ» . قَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّهُ كَانَ عَلَيْهَا صَوْمُ شَهْرٍ أفأصوم عَنْهَا قَالَ: «صومي عَنْهَا» . قَالَت يَا رَسُول الله إِنَّهَا لَمْ تَحُجَّ قَطُّ أَفَأَحُجُّ عَنْهَا قَالَ: «نعم حجي عَنْهَا» . رَوَاهُ مُسلم
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺ huzurlarida oʻtirgan edim, shunda bir ayol kelib: «Ey Allohning Rasuli, men onamga bir choʻrini sadaqa qilgan edim, endi u vafot etdi», dedi. U zot: «Ajring vojib boʻldi, meros esa uni senga qaytardi», dedilar. Ayol: «Ey Allohning Rasuli, uning zimmasida bir oylik roʻza bor edi, uning oʻrniga roʻza tutaymi?» dedi. U zot: «Uning oʻrniga roʻza tut», dedilar. Ayol: «Ey Allohning Rasuli, u hech qachon haj qilmagan edi, uning oʻrniga haj qilaymi?» dedi. U zot: «Ha, uning oʻrniga haj qil», dedilar. Muslim rivoyat qilgan.