وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أحصوا هِلَال شعْبَان لرمضان» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ramazon uchun Shaʼbon hilolini (chiqishini) sanab boring», dedilar. Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning bu (shaklda)gi hadisini biz faqat Abu Muoviyaning hadisi orqaligina bilamiz. Sahih (rivoyat) esa Muhammad ibn Amrdan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qilingan: «Ramazon oyini bir kun yoki ikki kun bilan oldinga oʻtmanglar», degan (hadis)dir. Shuningdek Yahyo ibn Abu Kasirdan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan Muhammad ibn Amr al-Laysiyning hadisiga oʻxshash (hadis) rivoyat qilingan.