وَعَنْ سَهْلٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا يَزَالُ النَّاسُ بِخَيْرٍ مَا عَجَّلُوا الْفِطْرَ»
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Odamlar iftorni tezlatib turar ekan, doimo yaxshilik bilan boʻladilar», dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Abu Hurayra, Ibn Abbos, Oisha va Anas ibn Molikdan ham (hadis bor). Abu Iso aytdi: Sahl ibn Saʼdning hadisi hasan sahihdir. Nabiy ﷺning sahobalaridan boʻlgan ilm ahli va boshqalar shuni ixtiyor qilib, iftorni tezlatishni mustahab sanaganlar. Shofeiy, Ahmad va Ishoq ham shunday deydilar.