وَعَنْ أَبِي عَطِيَّةَ قَالَ: دَخَلْتُ أَنَا وَمَسْرُوقٌ عَلَى عَائِشَةَ فَقُلْنَا: يَا أُمَّ الْمُؤْمِنِينَ رَجُلَانِ مِنْ أَصْحَابِ مُحَمَّدٍ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَحَدُهُمَا يُعَجِّلُ الْإِفْطَارَ وَيُعَجِّلُ الصَّلَاةَ وَالْآخَرُ: يُؤَخِّرُ الْإِفْطَارَ وَيُؤَخِّرُ الصَّلَاةَ. قَالَتْ: أَيُّهُمَا يُعَجِّلُ الْإِفْطَارَ وَيُعَجِّلُ الصَّلَاةَ؟ قُلْنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْعُودٍ. قَالَتْ: هَكَذَا صَنَعَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَالْآخَرُ أَبُو مُوسَى. رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Abu Atiyya rivoyat qilib aytdi: Men va Masruq Oisha (roziyallohu anho)ning huzuriga kirdik va: «Ey moʻminlarning onasi! Nabiy ﷺning sahobalaridan ikki kishi bor: ulardan biri iftorni ham, namozni ham tezlatadi, ikkinchisi esa iftorni ham, namozni ham kechiktiradi», dedik. U: «Qaysi biri iftorni va namozni tezlatadi?» dedi. Biz: «Abdulloh ibn Masʼud», dedik. U: «Rasululloh ﷺ ham shunday qilardilar», dedi. Ikkinchisi esa Abu Muso edi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Abu Atiyyaning ismi Molik ibn Abu Omir al-Hamdoniydir, Molik ibn Omir al-Hamdoniy ham deyiladi, Ibn Omir degani toʻgʻriroqdir.