وَعَنْ بَعْضِ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَقَدْ رَأَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِالْعَرْجِ يَصُبُّ عَلَى رَأْسِهِ الْمَاءَ وَهُوَ صَائِمٌ مِنَ الْعَطَشِ أَوْ مِنَ الْحَرِّ. رَوَاهُ مَالك
Abu Bakr ibn Abdurrahmon Nabiy ﷺning bir sahobalaridan rivoyat qiladi: U aytadi: Men Rasululloh ﷺning Fath yili safarlarida odamlarga roʻzani ochishni buyurganlarini va: «Dushmaningizga qarshi quvvatga toʻlinglar», deganlarini koʻrdim. Rasululloh ﷺ esa oʻzlari roʻza tutdilar. Abu Bakr aytadi: Menga hadis aytib bergan kishi shunday dedi: «Men Rasululloh ﷺni Arj degan joyda chanqoqdan yoki issiqdan roʻzador holatlarida boshlariga suv quyayotganlarida koʻrdim».