وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي سَفَرٍ فَرَأَى زِحَامًا وَرَجُلًا قَدْ ظُلِّلَ عَلَيْهِ فَقَالَ: «مَا هَذَا؟» قَالُوا: صَائِمٌ. فَقَالَ: «لَيْسَ مِنَ الْبِرِّ الصَّوْمُ فِي السَّفَرِ»
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ safarda edilar va bir olomon (toʻda)ni hamda soya qilinib turgan bir kishini koʻrdilar. U zot: «Bu nima (gap)?» — deb soʻradilar. Ular: «U (kishi) roʻzador», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Safarda roʻza tutish — yaxshilik (taqvo) emas», — dedilar.