عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَصُومُ حَتَّى نَقُولَ: لَا يُفْطِرُ وَيُفْطِرُ حَتَّى نَقُولَ: لَا يَصُومُ وَمَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ اسْتكْمل صِيَام شهر قطّ إِلَّا رَمَضَانَ وَمَا رَأَيْتُهُ فِي شَهْرٍ أَكْثَرَ مِنْهُ صِيَامًا فِي شَعْبَانَ وَفِي رِوَايَةٍ قَالَتْ: كَانَ يَصُوم شعْبَان كُله وَكن يَصُوم شعْبَان إِلَّا قَلِيلا
Oisha — moʻminlarning onasi (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ (shunchalik) roʻza tutardilarki, hatto biz: ‹Roʻzani ochmaydilar›, der edik. Va (shunchalik) roʻza tutmasdilarki, hatto biz: ‹Roʻza tutmaydilar›, der edik. Men Rasululloh ﷺ ning Ramazondan boshqa biror oyni toʻla roʻza tutganlarini hech koʻrmadim, hamda Shaʼbon oyidagidan koʻproq roʻza tutgan oylarini koʻrmadim».