وَعَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَنَّهُ سَأَلَهُ أَوْ سَأَلَ رَجُلًا وَعِمْرَانَ يَسْمَعُ فَقَالَ: «يَا أَبَا فُلَانٍ أَمَا صُمْتَ مِنْ سَرَرِ شَعْبَانَ؟» قَالَ: لَا قَالَ: «فَإِذَا أَفْطَرْتَ فَصُمْ يَوْمَيْنِ»
Mutarrif (Imron ibn Husayndan) rivoyat qiladi: Paygʻambar ﷺ undan (Imrondan) yoki bir kishidan — Imron eshitib turgan holda — soʻradilar: «Ey falonchi! Sen bu oyning oxirgi kunlarida roʻza tutdingmi?» (Rivoyatchi menimcha u zot ‹Ramazon oyi›ni aytdi.) U kishi: «Yoʻq, yo Rasululloh», — dedi. Paygʻambar ﷺ unga: «Sen (Ramazon) roʻzangni tugatgach, (Shavvolda) ikki kun roʻza tut», — dedilar. (Boshqa rivoyat orqali Imron: «Paygʻambar ﷺ: ‹(Sen) Shaʼbonning oxirgi kunlarida (roʻza tutdingmi)?› — dedilar», — dedi.)