وَعَنْ مُعَاذَةَ الْعَدَوِيَّةِ أَنَّهَا سَأَلَتْ عَائِشَةَ: أَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَصُومُ مِنْ كُلِّ شَهْرٍ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ؟ قَالَتْ: نَعَمْ فَقُلْتُ لَهَا: مِنْ أَيِّ أَيَّامِ الشَّهْرِ كَانَ يَصُومُ؟ قَالَتْ: لَمْ يَكُنْ يُبَالِي مِنْ أَيِّ أَيَّام الشَّهْر يَصُوم. رَوَاهُ مُسلم
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: (Muoza al-Adaviyya) u zotdan: «Rasululloh ﷺ har oydan uch kun roʻza tutar edilarmi?» deb soʻradi. (Oisha): «Ha», dedi. (Muoza): «Oyning qaysi kunlarida roʻza tutar edilar?» dedi. (Oisha): «U zot oyning qaysi kunlarida roʻza tutishga eʼtibor bermas edilar», dedi.