وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا يَصُومُ أَحَدُكُمْ يَوْمَ الْجُمُعَةِ إِلَّا أَن بِصَوْم قبله أَو بِصَوْم بعده»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Biringiz juma kunini, oldidan yoki keyinidan roʻza tutmasa, (yolgʻiz oʻzini) roʻza tutmasin», dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Ali, Jobir, Junoda al-Azdiy, Juvayriya, Anas va Abdulloh ibn Amrdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi hasan sahih hadisdir. Ilm ahli nazdida amal shunga koʻradir: ular kishining oldidan ham, keyinidan ham roʻza tutmay, yolgʻiz juma kunini roʻza tutishga xoslashini makruh koʻradilar. Ahmad va Ishoq ham shuni aytadilar.