قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا أَبَا ذَرٍّ إِذَا صُمْتَ مِنَ الشَّهْرِ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ فَصُمْ ثَلَاثَ عَشْرَةَ وَأَرْبَعَ عَشْرَةَ وَخَمْسَ عَشْرَةَ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Ey Abu Zarr, oydan uch kun roʻza tutsang, oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi (kunlari) roʻza tutgin», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Abu Qatoda, Abdulloh ibn Amr, Qurra ibn Iyos al-Muzaniy, Abdulloh ibn Masʼud, Abu Aqrab, Ibn Abbos, Oisha, Qatoda ibn Milhon, Usmon ibn Abil Os va Jarirdan ham (hadislar) bor. Abu Iso aytdi: Abu Zarr hadisi hasan hadisdir. Baʼzi hadislarda: «Kim har oydan uch kun roʻza tutsa, butun yilni roʻza tutgan kishidek boʻladi», deb rivoyat qilingan.