عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَدِمَ الْمَدِينَةِ فَوَجَدَ الْيَهُودَ صِيَامًا يَوْمَ عَاشُورَاءَ فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا هَذَا الْيَوْمُ الَّذِي تَصُومُونَهُ؟» فَقَالُوا: هَذَا يَوْمٌ عَظِيمٌ: أَنْجَى اللَّهُ فِيهِ مُوسَى وَقَوْمَهُ وَغَرَّقَ فِرْعَوْنَ وَقَوْمَهُ فَصَامَهُ مُوسَى شُكْرًا فَنَحْنُ نَصُومُهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «فَنَحْنُ أَحَقُّ وَأَوْلَى بِمُوسَى مِنْكُمْ» فَصَامَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَمَرَ بصيامه
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Madinaga keldilar va yahudiylarni oshuro kuni roʻza tutayotgan holda topdilar. Shunda Rasululloh ﷺ ularga: «Bu sizlar roʻza tutayotgan kun nima kun?» dedilar. Ular: «Bu ulugʻ kun, Alloh unda Muso va uning qavmini najot berdi hamda Firʼavn va uning qavmini gʻarq qildi. Bas, Muso shukrona qilib roʻza tutdi, biz ham uni roʻza tutamiz», dedilar. Shunda Rasululloh ﷺ: «Biz Musoga sizlardan koʻra haqdorroq va haqliroqmiz», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ uni roʻza tutdilar va uni roʻza tutishga buyurdilar.