وَعَنْ زِرِّ بْنِ حُبَيْشٍ قَالَ: سَأَلْتُ أُبَيَّ بْنَ كَعْبٍ فَقُلْتُ إِنَّ أَخَاكَ ابْنَ مَسْعُودٍ يَقُولُ: مَنْ يَقُمِ الْحَوْلَ يُصِبْ لَيْلَةَ الْقَدْرِ. فَقَالَ C أَرَادَ أَنْ لَا يَتَّكِلَ النَّاسُ أَمَا إِنَّهُ قَدْ عَلِمَ أَنَّهَا فِي رَمَضَانَ وَأَنَّهَا فِي الْعَشْرِ الْأَوَاخِرِ وَأَنَّهَا لَيْلَةُ سَبْعٍ وَعِشْرِينَ ثُمَّ حَلَفَ لَا يَسْتَثْنِي أَنَّهَا لَيْلَةُ سَبْعٍ وَعِشْرِينَ. فَقُلْتُ: بِأَيِّ شَيْءٍ تَقُولُ ذَلِكَ يَا أَبَا الْمُنْذِرِ؟ قَالَ: بِالْعَلَامَةِ أَوْ بِالْآيَةِ الَّتِي أَخْبَرَنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِنَّهَا تَطْلُعُ يَوْمَئِذٍ لَا شُعَاعَ لَهَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Zirr ibn Hubaysh shunday der edi: Men Ubay ibn Kaʼb (roziyallohu anhu)dan soʻrab: «Birodaring Ibn Masʼud: ‹Kim yil davomida (kechalari namozga) tursa, Laylatul-qadrga erishadi›, — deydi», dedim. Shunda u: «Alloh unga rahmat qilsin! U odamlar (bir kechaga) suyanib qoʻymasligini istagan. Vaholanki, u uning Ramazonda ekanini, oxirgi oʻn kunlikda ekanini va u yigirma yettinchi kecha ekanini bilgan», — dedi. Soʻng u istisno qilmay (yaʼni inshoolloh demay): «U yigirma yettinchi kechadir», deb qasam ichdi. Men: «Buni nimaga asoslanib aytyapsan, ey Abu Munzir?» dedim. U: «Rasululloh ﷺ bizga xabar bergan alomat yoki belgi sababli (aytyapman); u (kun)da quyosh nursiz holda chiqadi», — dedi.