وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا اعْتَكَفَ أَدْنَى إِلَيَّ رَأَسَهِ وَهُوَ فِي الْمَسْجِدِ فَأُرَجِّلُهُ وَكَانَ لَا يَدْخُلُ الْبَيْتَ إِلَّا لحَاجَة الْإِنْسَان "
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ iʼtikof oʻtirgan vaqtlarida boshlarini menga yaqinlashtirardilar, men esa sochlarini tarardim. U zot uyga faqat inson hojati uchungina kirardilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Buni bir necha kishi Molikdan, u Ibn Shihobdan, u Urva va Amradan, ular Oishadan shunday rivoyat qilishgan. Baʼzilar esa Molikdan, u Ibn Shihobdan, u Urvadan, u Amradan, u Oishadan rivoyat qilgan. Sahihi esa Urva va Amradan, ular Oishadan (rivoyat qilingani)dir.