عَنْ أَنَسٍ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَعْتَكِفُ فِي الْعَشْرِ الْأَوَاخِرِ مِنْ رَمَضَانَ فَلَمْ يَعْتَكِفْ عَامًا. فَلَمَّا كَانَ الْعَامُ الْمقبل اعْتكف عشْرين. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَرَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ عَنْ أَبِي بن كَعْب
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Ramazonning oxirgi oʻn kunligida iʼtikof oʻtirardilar. Bir yili iʼtikof oʻtirmadilar, keyingi yili boʻlganda esa yigirma (kun) iʼtikof oʻtirdilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis Anas ibn Molik hadisidan hasan sahih gʻaribdir. Iʼtikof oʻtirgan kishi niyat qilganini bajarib boʻlmasdan iʼtikofini uzib qoʻysa (nima boʻlishi) haqida ilm ahli ixtilof qilgan. Baʼzi ilm ahli: iʼtikofini buzsa, qazosini bajarish vojib boʻladi, deyishgan va Nabiy ﷺ iʼtikofidan chiqib, Shavvolda oʻn kun iʼtikof oʻtirganlari haqidagi hadisni dalil qilishgan. Bu Molikning soʻzidir. Baʼzilari esa: agar uning zimmasida iʼtikof nazri yoki oʻziga vojib qilib olgan biror narsa boʻlmay, nafl (iʼtikof) oʻtirgan boʻlsa-yu chiqib ketsa, qazosini bajarish vojib emas, faqat oʻz ixtiyori bilan xohlasa (bajarsa boʻladi), deyishgan. Bu Shofiʼiyning soʻzidir. Shofiʼiy: kirmasliging ixtiyoringda boʻlgan har bir amalga kirsang-u soʻng undan chiqsang, qazosini bajarish vojib emas, faqat haj va umradan boshqa, dedi. Bu bobda Abu Hurayradan ham (rivoyat) bor.