وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ إِذَا رَجَعَ إِلَى أَهْلِهِ أَنْ يَجِدَ فِيهِ ثَلَاثَ خَلِفَاتٍ عِظَامٍ سِمَانٍ» . قُلْنَا: نَعَمْ. قَالَ : «فَثَلَاثُ آيَاتٍ يَقْرَأُ بِهِنَّ أَحَدُكُمْ فِي صلَاته خَيْرٌ لَهُ مِنْ ثَلَاثِ خَلِفَاتٍ عِظَامٍ سِمَانٍ» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Birortangiz oʻz ahli (oilasi) huzuriga qaytib kelganida, u yerda uchta katta, semiz, boʻgʻoz tuya topishni yoqtirarmidi?» dedilar. Biz: «Ha», dedik. (Rasululloh ﷺ): «Unday boʻlsa, birortangiz namozida oʻqiydigan uchta oyat unga uchta katta, semiz, boʻgʻoz tuyadan koʻra yaxshiroqdir», dedilar.