وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ بْنِ الْمُعَلَّى قَالَ: كُنْتُ أُصَلِّي فِي الْمَسْجِدِ فَدَعَانِي النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم فَلم أجبه حَتَّى صليت ثُمَّ أَتَيْتُهُ. فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي كنت أُصَلِّي فَقَالَ أَلَمْ يَقُلِ اللَّهُ (اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دعَاكُمْ) ثمَّ قَالَ لي: «أَلَا أُعَلِّمُكَ أَعْظَمَ سُورَةٍ فِي الْقُرْآنِ قَبْلَ أَنْ تَخْرُجَ مِنَ الْمَسْجِدِ» . فَأَخَذَ بِيَدِي فَلَمَّا أَرَادَ أَن يخرج قلت لَهُ ألم تقل لأعلمنك سُورَة هِيَ أعظم سُورَةً مِنَ الْقُرْآنِ قَالَ: (الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ) هِيَ السَّبْعُ الْمَثَانِي وَالْقُرْآنُ الْعَظِيمُ الَّذِي أُوتِيتهُ ". رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Abu Saʼid ibnul-Muʼalla (roziyallohu anhu) aytdi:) Men masjidda namoz oʻqiyotgan edim; Rasululloh ﷺ meni chaqirdilar, men u zotga javob bermadim. (Keyin:) «Ey Allohning Rasuli, men namoz oʻqiyotgan edim», dedim. U zot: «Alloh: ‹Rasul sizni (biror narsaga) chaqirganda, Allohga va Rasulga javob beringlar...› (Anfol surasi, 24) demaganmi?» dedilar. Soʻng menga: «Sen masjiddan chiqishingdan oldin, men senga Qurʼondagi eng ulugʻ surani albatta oʻrgataman», dedilar. Soʻng qoʻ limdan ushladilar. (U zot masjiddan) chiqmoqchi boʻ lganlarida, men u zotga: «Sen: ‹Senga Qurʼondagi eng ulugʻ surani oʻrgataman› demadingmi?» dedim. U zot: «‹Alhamdu lillahi Robbil-aalamin (Hamd butun olamlar Robbi Allohga xosdir)› (Fotiha surasi, 2) — bu, Sabʼul-masoniy (qayta-qayta oʻqiladigan yetti oyat) va menga berilgan ulugʻ Qurʼondir», dedilar.