وَعَنْ أُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا أَبَا الْمُنْذِرِ أَتَدْرِي أَيُّ آيَةٍ مِنْ كِتَابِ اللَّهِ مَعَك أعظم؟» . قَالَ: قُلْتُ اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ قَالَ: «يَا أَبَا الْمُنْذِرِ أَتَدْرِي أَيُّ آيَةٍ مِنْ كِتَابِ اللَّهِ مَعَك أعظم؟» . قَالَ: قُلْتُ (اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْحَيُّ القيوم) قَالَ فَضرب فِي صَدْرِي وَقَالَ: «وَالله لِيَهنك الْعلم أَبَا الْمُنْذر» . رَوَاهُ مُسلم
Ubay ibn Kaʼb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ey Abul-Munzir! Bilasanmi, oʻzingdagi (yodlagan) Allohning Kitobidan qaysi oyat eng ulugʻdir?» — dedilar. (Ubay) dedi: men: «Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladi», dedim. (Rasululloh) yana: «Ey Abul-Munzir! Bilasanmi, oʻzingdagi Allohning Kitobidan qaysi oyat eng ulugʻdir?» — dedilar. Men: {Alloh — Undan oʻzga iloh yoʻq; (U) tirik va (hamma narsani) idora qilib turuvchidir} (Baqara 255) dedim. Shunda (Rasululloh) koʻkragimga (yengilgina) urib: «Vallohi, ilm senga muborak boʻlsin, ey Abul-Munzir!» — dedilar.