وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم قَالَ لِأُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ: «كَيْفَ تَقْرَأُ فِي الصَّلَاةِ؟» فَقَرَأَ أُمَّ الْقُرْآنِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ مَا أنزلت فِي التَّوْرَاة وَلَا فِي الْإِنْجِيل وَلَا فِي الزبُور وَلَا فِي الْفرْقَان مِثْلُهَا وَإِنَّهَا سَبْعٌ مِنَ الْمَثَانِي وَالْقُرْآنُ الْعَظِيمُ الَّذِي أُعْطِيتُهُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَرَوَى الدَّارِمِيُّ مِنْ قَوْلِهِ: «مَا أُنْزِلَتْ» وَلَمْ يَذْكُرْ أُبَيُّ بْنُ كَعْبٍ. وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Ubay ibn Kaʼbning oldiga chiqib: «Ey Ubay!» dedilar. U esa namoz oʻqiyotgan edi. Ubay (orqasiga) qaradi-yu, javob bermadi va namozini yengillatib oʻqib boʻlgach, Rasululloh ﷺ tomon yuzlanib: «Assalomu alaykum, ey Rasululloh!» dedi. Rasululloh ﷺ: «Va alaykas-salom. Ey Ubay, men seni chaqirganimda javob berishingni nima toʻsdi?» dedilar. U: «Ey Rasululloh, men namozda edim», dedi. U zot: «Alloh menga vahiy qilgan narsada: {Alloh va Paygʻambar sizlarni sizga hayot beradigan narsaga chaqirgan vaqtda, ularga javob bering} (Anfol 24) degan oyatni topmadingmi?» dedilar. U: «Ha (topdim), Alloh xohlasa, boshqa qaytarmayman», dedi. U zot: «Senga Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Furqonda ham unga oʻxshashi nozil qilinmagan bir surani oʻrgatishimni xohlaysanmi?» dedilar. U: «Ha, ey Rasululloh», dedi. Rasululloh ﷺ: «Namozda qanday oʻqiysan?» dedilar. U Ummul-Qurʼonni (Fotihani) oʻqidi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Jonim qoʻlida boʻlgan Zot ila qasamki, na Tavrotda, na Injilda, na Zaburda va na Furqonda unga oʻxshashi nozil qilinmagan. U — takror oʻqiladigan yetti (oyat) va menga ato etilgan Ulugʻ Qurʼondir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Bu bobda Anas ibn Molik va Abu Said ibnul-Muallodan ham (rivoyat) bor.