وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ قَرَأَ (حم) الْمُؤْمِنَ إِلَى (إِلَيْهِ الْمَصِيرُ) وَآيَةَ الْكُرْسِيِّ حِينَ يُصْبِحُ حُفِظَ بِهِمَا حَتَّى يُمْسِيَ. وَمَنْ قَرَأَ بِهِمَا حِينَ يُمْسِي حُفِظَ بهما حَتَّى يصبح ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ والدرامي وَقَالَ التِّرْمِذِيّ هَذَا حَدِيث غَرِيب
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Kim tongda Ha Mim al-Muʼminni (Gʻofir surasini) {ilayhil-masiyr} — (qaytish faqat Ungadir) (Gʻofir 1-3) (oyatigacha) va Oyatul-Kursiyni oʻqisa, kechgacha shu ikkisi bilan asralur. Kim ularni kechqurun oʻqisa, tonggacha shu ikkisi bilan asralur», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir. Baʼzi ilm ahli Abdurrahmon ibn Abu Bakr ibn Abu Mulayka al-Mulaykiy haqida uning hifzi (yodlash quvvati) jihatidan (tanqidiy) gapirgan. Zuroro ibn Musʼab esa Abdurrahmon ibn Avfning oʻgʻli boʻlib, u Abu Musʼab al-Madaniyning bobosidir.