وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ لِكُلِّ شَيْءٍ قَلْبًا وَقَلْبُ الْقُرْآنِ (يس) وَمَنْ قَرَأَ (يس) كَتَبَ اللَّهُ لَهُ بِقِرَاءَتِهَا قِرَاءَةَ الْقُرْآنِ عَشْرَ مَرَّاتٍ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالدَّارِمِيُّ وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ هَذَا حَدِيثٌ غَرِيب
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ: «Albatta, har bir narsaning qalbi bor, Qurʼonning qalbi esa Yosindir. Kim Yosinni oʻqisa, Alloh unga uni oʻqigani uchun Qurʼonni oʻn marta oʻqigan (savobini) yozadi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat Humayd ibn Abdurrahmonning hadisidangina bilamiz. Basrada Qatodaning hadisini faqat shu jihatdangina biladilar. Horun Abu Muhammad esa nomaʼlum (majhul) shayxdir. Bu bobda Abu Bakr Siddiqdan ham (rivoyat) bor, biroq u isnodi jihatidan sahih emas, uning isnodi zaifdir. Bu bobda Abu Hurayradan ham (rivoyat) bor.