وَعَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ قَالَ: قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَقْرَأُ سُورَةَ (هُودٍ) أَوْ سُورَةَ (يُوسُفَ) ؟ قَالَ: " لَنْ تَقْرَأَ شَيْئًا أَبْلَغَ عِنْدَ اللَّهِ مِنْ (قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ) رَوَاهُ أَحْمد وَالنَّسَائِيّ والدارمي
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh ﷺ ning ortlaridan yurdim, u zot ulov ustida edilar. Qoʻlimni u zotning oyoqlariga qoʻyib: ‹Ey Rasululloh, menga Hud surasi bilan Yusuf surasini oʻqiting›, dedim. Shunda u zot: ‹Sen Alloh huzurida {Ayting: panoh soʻrayman tong Robbisidan} va {Ayting: panoh soʻrayman odamlar Robbisidan} suralaridan koʻra taʼsirliroq narsani hech oʻqimaysan›, dedilar».