وَعَنْ أَيْفَعَ بْنِ عَبْدٍ الْكَلَاعِيِّ قَالَ: قَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَيُّ سُورَةِ الْقُرْآنِ أَعْظَمُ؟ قَالَ: (قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ) قَالَ: فَأَيُّ آيَةٍ فِي الْقُرْآنِ أَعْظَمُ؟ قَالَ: آيَةُ الْكُرْسِيِّ (اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ) قَالَ: فَأَيُّ آيَةٍ يَا نَبِيَّ اللَّهِ تُحِبُّ أَنْ تُصِيبَكَ وَأُمَّتَكَ؟ قَالَ: «خَاتِمَةُ سُورَةِ الْبَقَرَةِ فَإِنَّهَا مِنْ خَزَائِنِ رَحْمَةِ اللَّهِ تَعَالَى مِنْ تَحْتِ عَرْشِهِ أَعْطَاهَا هَذِهِ الْأُمَّةَ لَمْ تتْرك خيرا من يخر الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ إِلَّا اشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ» . رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ
Ayfaʼ ibn Abd al-Kalaiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, Qurʼonning qaysi surasi eng ulugʻ?» dedi. U zot ﷺ: {Qul huvallohu ahad} (Ixlos surasi), dedilar. U: «Qurʼondagi qaysi oyat eng ulugʻ?» dedi. U zot: «Oyatul Kursiy: {Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum}» (Baqara surasi, 255), dedilar. U: «Ey Allohning Nabiysi, oʻzingizga va ummatingizga qaysi oyat yetishini yaxshi koʻrasiz?» dedi. U zot: «Baqara surasining oxiri, chunki u Alloh taoloning Arshi ostidagi rahmat xazinalaridandir. Alloh uni bu ummatga ato etdi. U dunyo va oxiratning biror yaxshiligini qamrab olmay qoldirmadi», dedilar. Dorimiy rivoyat qilgan.