وَعَنِ الْحَسَنِ مُرْسَلًا: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ قَرَأَ فِي لَيْلَةٍ مِائَةَ آيَةٍ لَمْ يُحَاجِّهِ الْقُرْآنُ تِلْكَ اللَّيْلَةَ وَمَنْ قَرَأَ فِي لَيْلَةٍ مِائَتَيْ آيَةٍ كُتِبَ لَهُ قُنُوتُ لَيْلَةٍ وَمَنْ قَرَأَ فِي لَيْلَةٍ خَمْسَمِائَةً إِلَى الْأَلْفِ أَصْبَحَ وَلَهُ قِنْطَارٌ مِنَ الْأَجْرِ» . قَالُوا: وَمَا الْقِنْطَارُ؟ قَالَ: «اثْنَا عَشَرَ ألفا» . رَوَاهُ الدِّرَامِي
Hasan Basriy (rahimahulloh)dan mursal tarzda rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Kim bir kechada yuz oyat oʻqisa, oʻsha kechada Qurʼon unga qarshi hujjat boʻlmaydi; kim bir kechada ikki yuz oyat oʻqisa, unga bir kechani (ibodatda) qoim boʻlgani yozib qoʻyiladi; kim bir kechada besh yuzdan mingtagacha oyat oʻqisa, ertalab uning uchun bir qintor ajr boʻladi», dedilar. Ular: «Qintor nima?» deyishdi. U zot: «Oʻn ikki ming (dinor)», dedilar. Dorimiy rivoyat qilgan.