وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ الدُّعَاءَ يَنْفَعُ مِمَّا نَزَلَ وَمِمَّا لَمْ يَنْزِلْ فَعَلَيْكُمْ عِبَادَ اللَّهِ بِالدُّعَاءِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَرَوَاهُ أَحْمَدُ عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ. وَقَالَ التِّرْمِذِيّ هَذَا حَدِيث غَرِيب
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlardan kimga duo eshigi ochilsa, unga rahmat eshiklari ochilibdi. Allohdan soʻralgan narsalarning Unga eng mahbubi — ofiyat (sogʻ-salomatlik) soʻralishidir», dedilar. Yana Rasululloh ﷺ: «Albatta, duo tushgan (balo)ga ham, hali tushmagan (balo)ga ham foyda beradi. Bas, ey Allohning bandalari, sizlar duoni lozim tutinglar», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis gʻaribdir. Biz uni faqat Abdurrahmon ibn Abu Bakr al-Qurashiyning hadisidan bilamiz — u al-Makkiy al-Mulaykiy boʻlib, hadisda zaifdir; baʼzi ahli ilm uni yodlash jihatidan zaif sanagan.