وَعَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «سَلُوا اللَّهَ مِنْ فَضْلِهِ فَإِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ أَنْ يُسْأَلَ وَأَفْضَلُ الْعِبَادَةِ انْتِظَارُ الْفَرَجِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَقَالَ هَذَا حَدِيث غَرِيب
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Allohdan Uning fazlini soʻranglar, zero aziz va jalil Alloh (Oʻzidan) soʻralishini yaxshi koʻradi. Ibodatning afzali — farajni kutishdir», dedilar. Abu Iso aytdi: Hammod ibn Voqid bu hadisni shunday rivoyat qildi, ammo uning rivoyatiga (boshqalar) muxolaf boʻldilar. Bu Hammod ibn Voqid esa as-Saffordir, hofiz emas, bizning nazdimizda basralik bir shayxdir. Abu Nuaym esa bu hadisni Isroildan, u Hakim ibn Jubayrdan, u bir kishidan, u Nabiy ﷺdan — mursal tarzda rivoyat qilgan. Abu Nuaymning hadisi sahihrok boʻlishga yaqinroqdir.