وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " ثَلَاثَةٌ لَا تُرَدُّ دَعْوَتُهُمْ: الصَّائِمُ حِينَ يُفْطِرُ وَالْإِمَامُ الْعَادِلُ وَدَعْوَةُ الْمَظْلُومِ يَرْفَعُهَا اللَّهُ فَوْقَ الْغَمَامِ وَتُفْتَحُ لَهَا أَبْوَابُ السَّمَاءِ وَيَقُولُ الرَّبُّ: وَعِزَّتِي لَأَنْصُرَنَّكِ وَلَوْ بعد حِين ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Uch (kishi) borki, ularning duosi rad qilinmaydi: roʻzador ogʻiz ochguniga qadar, odil imom (rahbar) va mazlumning duosi — Alloh uni bulutlar ustiga koʻtaradi va unga osmon eshiklarini ochadi va Robb: ‹Izzatimga qasamki, garchi bir muddatdan keyin boʻlsa-da, albatta senga yordam beraman›, deydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Saʼdon al-Qubbiy — bu Saʼdon ibn Bishrdir. Undan Iso ibn Yunus, Abu Osim va hadis ahlining kattalaridan bir nechalari rivoyat qilgan. Abu Mujohid — bu Saʼd at-Toiydir, Abu Mudilla esa moʻminlar onasi Oishaning ozod qilingan quli boʻlib, biz uni faqat shu hadis bilan tanigan. Bu hadis undan bundan ham toʻliqroq va uzunroq qilib rivoyat qilinadi.