وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ " خَمْسُ دَعَوَاتٍ يُسْتَجَابُ لَهُنَّ: دَعْوَةُ الْمَظْلُومِ حَتَّى يَنْتَصِرَ وَدَعْوَةُ الْحَاجِّ حَتَّى يَصْدُرَ وَدَعْوَةُ الْمُجَاهِدِ حَتَّى يَقْعُدَ وَدَعْوَةُ الْمَرِيضِ حَتَّى يَبْرَأَ وَدَعْوَةُ الْأَخِ لِأَخِيهِ بِظَهْرِ الْغَيْبِ ". ثُمَّ قَالَ: «وَأَسْرَعُ هَذِهِ الدَّعْوَات إِجَابَة دَعْوَة الْأَخ لِأَخِيهِ بِظَهْرِ الْغَيْبِ» . رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ فِي الدَّعَوَاتِ الْكَبِيرِ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Besh duo ijobat qilinadi: mazlumning nusrat topguniga qadar duosi, hojining (uyiga) qaytguniga qadar duosi, mujohidning (jangdan) toʻxtaguniga qadar duosi, bemorning sogʻayguniga qadar duosi va kishining birodari uchun uning yoʻqligida qilgan duosi», dedilar. Soʻng: «Bu duolarning eng tez ijobat qilinadigani — kishining birodari uchun uning yoʻqligida qilgan duosidir», dedilar. Bayhaqiy ‹ad-Daʼavot al-kabir›da rivoyat qilgan.