عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ لِلَّهِ تَعَالَى تِسْعَةً وَتِسْعِينَ اسْمًا مِائَةً إِلَّا وَاحِدًا مَنْ أَحْصَاهَا دَخَلَ الْجَنَّةَ» . وَفِي رِوَايَة: «وَهُوَ وتر يحب الْوتر»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta Alloh taoloning toʻqson toʻqqiz — yuzdan bitta kam — ismi bor, kim ularni sanab (yodida saqlab) chiqsa, jannatga kiradi. U — Alloh, Undan boʻlak iloh yoʻq (Allohu la ilaha illa Huva); ar-Rohman, ar-Rohiym, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Muʼmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Boriʼ, al-Musavvir, al-Gʻaffor, al-Qahhor, al-Vahhob, ar-Razzoq, al-Fattoh, al-Aliym, al-Qobiz, al-Bosit, al-Xofiz, ar-Rofiʼ, al-Muizz, al-Muzill, as-Samiʼ, al-Basiyr, al-Hakam, al-Adl, al-Latiyf, al-Xabiyr, al-Haliym, al-Aziym, al-Gʻafur, ash-Shakur, al-Aliyy, al-Kabiyr, al-Hafiyz, al-Muqiyt, al-Hasiyb, al-Jaliyl, al-Kariym, ar-Roqiyb, al-Mujiyb, al-Vosiʼ, al-Hakiym, al-Vadud, al-Majiyd, al-Boʼis, ash-Shahiyd, al-Haqq, al-Vakiyl, al-Qaviyy, al-Matiyn, al-Valiyy, al-Hamiyd, al-Muhsiy, al-Mubdiʼ, al-Muiyd, al-Muhyiy, al-Mumiyt, al-Hayy, al-Qayyum, al-Vojid, al-Mojid, al-Vohid, as-Samad, al-Qodir, al-Muqtadir, al-Muqaddim, al-Muaxxir, al-Avval, al-Oxir, az-Zohir, al-Botin, al-Voliy, al-Mutaoliy, al-Barr, at-Tavvob, al-Muntaqim, al-Afuvv, ar-Rouf, Molikul-Mulk, Zul-Jaloli val-Ikrom, al-Muqsit, al-Jomiʼ, al-Gʻaniyy, al-Mugʻniy, al-Moniʼ, az-Zorr, an-Nofiʼ, an-Nur, al-Hodiy, al-Badiyʼ, al-Boqiy, al-Voris, ar-Roshiyd, as-Sabur», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, bizga uni bir necha kishi Safvon ibn Solihdan rivoyat qildi. Biz uni faqat Safvon ibn Solihning hadisidan bilamiz, u esa hadis ahli nazdida ishonchli (siqa) kishidir. Bu hadis Abu Hurayradan, Paygʻambar ﷺdan bir necha yoʻl bilan ham rivoyat qilingan, biroq rivoyatlarning koʻpchiligida ismlarning zikri keltirilgan sahih sanadni bu hadisdan boshqa joyda bilmaymiz. Odam ibn Abu Iyos bu hadisni boshqa sanad bilan Abu Hurayradan, Paygʻambar ﷺdan rivoyat qilgan va unda ismlarni zikr qilgan, biroq uning sahih sanadi yoʻq.