وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَنْ قَالَ: سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ فِي يَوْمٍ مِائَةَ مَرَّةٍ حُطَّتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ "
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki,) Rasululloh ﷺ: «Kim bir kunda yuz marta ‹Subhanallohi va bihamdih› (Allohni hamdi bilan poklayman) desa, gunohlari — garchi dengiz koʻpigicha boʻlsa ham — toʻkiladi (kechiriladi)», dedilar.