وَعَن جوَيْرِية أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خَرَجَ مِنْ عِنْدِهَا بُكْرَةً حِينَ صَلَّى الصُّبْحَ وَهِيَ فِي مَسْجِدِهَا ثُمَّ رَجَعَ بَعْدَ أَنْ أَضْحَى وَهِيَ جَالِسَةٌ قَالَ: «مَا زِلْتِ عَلَى الْحَالِ الَّتِي فَارَقْتُكِ عَلَيْهَا؟» قَالَتْ: نَعَمْ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " لَقَدْ قُلْتُ بَعْدَكِ أَرْبَعَ كَلِمَاتٍ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَوْ وُزِنَتْ بِمَا قُلْتِ مُنْذُ الْيَوْمِ لَوَزَنَتْهُنَّ: سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ عَدَدَ خَلْقِهِ وَرِضَاءَ نَفْسِهِ وَزِنَةَ عَرْشِهِ وَمِدَادَ كَلِمَاته ". رَوَاهُ مُسلم
Juvayriya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ tongda — bomdod namozini oʻqigan paytda — uning (Juvayriyaning) huzuridan chiqdilar, u esa joynamozida (zikr aytib) edi. Soʻng u zot kun koʻtarilgach qaytdilar, u (Juvayriya) hamon oʻtirgan edi. Shunda u zot: «Men seni qoldirib ketgan holatingda hamon turibsanmi?» dedilar. U: «Ha», dedi. Nabiy ﷺ aytdilar: «Men sendan keyin toʻrtta kalimani uch marta aytdim, agar ular sen bugundan beri aytgan (zikrlaring) bilan tortilsa, ularni bosib ketadi: ‹Subhaanalloohi va bihamdihi adada xalqihi va rizoo nafsihi va zinata arshihi va midooda kalimaatihi (Alloh Oʻz maxluqotlari sonicha, Oʻzining roziligicha, Arshining ogʻirligicha va kalimalarining siyohi (cheksizligi)cha pok va benuqson, Unga hamd boʻlsin)›».