وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " أَفْضَلُ الذِّكْرِ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَأَفْضَلُ الدُّعَاءِ: الْحَمْدُ لِلَّهِ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo) aytdi: Men Rasululloh ﷺning shunday deyayotganlarini eshitdim: «Zikrning eng afzali — ‹Lo ilaha illalloh›, duoning eng afzali — ‹Alhamdulillah›dir». Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir, biz uni faqat Muso ibn Ibrohimning hadisidan bilamiz. Bu hadisni Ali ibn al-Madiniy va boshqalar Muso ibn Ibrohimdan rivoyat qilishgan.