وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " قَالَ مُوسَى عَلَيْهِ السَّلَامُ: يَا رَبِّ عَلِّمْنِي شَيْئًا أَذْكُرُكَ بِهِ وَأَدْعُوكَ بِهِ فَقَالَ: يَا مُوسَى قُلْ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ فَقَالَ: يَا رَبِّ كلُّ عبادكَ يقولُ هَذَا إِنَّما أيد شَيْئًا تَخُصُّنِي بِهِ قَالَ: يَا مُوسَى لَوْ أَنَّ السَّمَاوَاتِ السَّبْعَ وَعَامِرَهُنَّ غَيْرِي وَالْأَرَضِينَ السَّبْعَ وُضِعْنَ فِي كِفَّةٍ وَلَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ فِي كِفَّةٍ لَمَالَتْ بِهِنَّ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ ". رَوَاهُ فِي شرح السّنة
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Muso (alayhissalom): ‹Ey Robbim, menga Oʻzingni zikr qiladigan va Oʻzingga duo qiladigan bir narsani oʻrgat›, dedi. (Alloh): ‹Ey Muso, La ilaha illalloh, deb ayt›, dedi. (Muso): ‹Ey Robbim, barcha bandalaring buni aytadi-ku, men esa faqat oʻzimga xos boʻladigan bir narsani (istayman)›, dedi. (Alloh): ‹Ey Muso, agar yetti osmon va Mendan boshqa ulardagi barcha aholi hamda yetti yer bir pallaga, La ilaha illalloh esa boshqa bir pallaga qoʻyilsa, La ilaha illalloh ularning hammasidan ogʻir kelardi›, dedi», dedilar. Sharhus-sunnada rivoyat qilingan.