وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " كَانَ فِي بَنِي إِسْرَائِيلَ رَجُلٌ قَتَلَ تِسْعَةً وَتِسْعِينَ إِنْسَانًا ثُمَّ خَرَجَ يَسْأَلُ فَأَتَى رَاهِبًا فَسَأَلَهُ فَقَالَ: أَلَهَ تَوْبَةٌ قَالَ: لَا فَقَتَلَهُ وَجَعَلَ يَسْأَلُ فَقَالَ لَهُ رَجُلٌ ائْتِ قَرْيَةَ كَذَا وَكَذَا فَأَدْرَكَهُ الْمَوْتُ فَنَاءَ بِصَدْرِهِ نَحْوَهَا فَاخْتَصَمَتْ فِيهِ مَلَائِكَةُ الرَّحْمَةِ وَمَلَائِكَةُ الْعَذَابِ فَأَوْحَى اللَّهُ إِلَى هَذِهِ أَنْ تَقَرَّبِي وَإِلَى هَذِهِ أَنْ تَبَاعَدِي فَقَالَ قِيسُوا مَا بَيْنَهُمَا فَوُجِدَ إِلَى هَذِهِ أَقْرَبَ بِشِبْرٍ فَغُفِرَ لَهُ "
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Bani Isroil kishilari orasida — toʻqson toʻqqiz kishini oʻldirgan — bir kishi bor edi. Soʻng u — (oʻz tavbasi qabul qilinadimi yoki yoʻqmi, deb) soʻrab — yoʻlga chiqdi. U bir rohibning oldiga kelib, undan — tavbasi qabul qilinishi mumkinmi (deb) — soʻradi. Rohib: ‹Yoʻq›, — deb javob berdi va shu sabab u kishi rohibni (ham) oʻldirdi. U — to bir kishi unga falon-falon qishloqqa borishni maslahat berguncha — soʻrashda davom etdi. (Bas, u oʻsha qishloq tomon yoʻlga chiqdi,) lekin yoʻlda unga oʻlim yetdi. Jon berayotganda, u koʻkragini oʻsha qishloq (tomon — tavbasi qabul boʻlishidan umidvor boʻlgan qishloq tomon —) burdi; shu sabab rahmat farishtalari va azob farishtalari uning haqida bir-biri bilan tortishdi. Alloh — (u borayotgan) qishloqqa unga yaqinlashishni va — (u kelgan) qishloqqa undan uzoqlashishni — buyurdi; soʻng U farishtalarga — uning jasadi bilan ikki qishloq orasidagi masofalarni oʻlchashni — buyurdi. Bas, u — (oʻzi borayotgan) qishloqqa bir qarich yaqinroq — topildi; shu sabab u magʻfirat qilindi», — dedi.