عَنْ أَنَسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " قَالَ اللَّهُ تَعَالَى: يَا ابْنَ آدَمَ إِنَّكَ مَا دَعَوْتَنِي وَرَجَوْتَنِي غَفَرْتُ لَكَ عَلَى مَا كَانَ فِيكَ وَلَا أُبَالِي يَا ابنَ آدمَ إِنَّك لَوْ بَلَغَتْ ذُنُوبُكَ عَنَانَ السَّمَاءِ ثُمَّ اسْتَغْفَرْتَنِي غَفَرْتُ لَكَ وَلَا أُبَالِي يَا ابْنَ آدَمَ إِنَّكَ لَوْ لَقِيتَنِي بِقُرَابِ الْأَرْضِ خَطَايَا ثُمَّ لَقِيتَنِي لَا تُشْرِكُ بِي شَيْئًا لَأَتَيْتُكَ بِقُرَابِهَا مغْفرَة ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَرَوَاهُ أَحْمَدُ وَالدَّارِمِيُّ عَنْ أَبِي ذَرٍّ وَقَالَ التِّرْمِذِيّ: هَذَا حَدِيث حسن غَرِيب
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺning shunday deb aytayotganlarini eshitdim: «Alloh tabaroka va taolo aytdi: ‹Ey Odam farzandi, sen Menga duo qilib, Mendan umid qilib turar ekansan, senda boʻlgan narsalarga qaramay, Men seni magʻfirat qildim va parvo qilmadim. Ey Odam farzandi, agar gunohlaring osmonning bulutlariga yetsa-yu, soʻng Mendan magʻfirat soʻrasang, Men seni magʻfirat qilaman va parvo qilmayman. Ey Odam farzandi, agar yer toʻlasi xatolar bilan Mening huzurimga kelsang, soʻng Menga hech narsani sherik qilmagan holda Menga roʻbaroʻ boʻlsang, Men senga ana shuncha magʻfirat bilan kelaman›.» Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻldan bilamiz.