وَعَنْ صَفْوَانَ بْنِ عَسَّالٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنَّ اللَّهَ تَعَالَى جَعَلَ بِالْمَغْرِبِ بَابًا عَرْضُهُ مَسِيرَةُ سَبْعِينَ عَامًا لِلتَّوْبَةِ لَا يُغْلَقُ مَا لم تطلع عَلَيْهِ الشَّمْسُ مِنْ قِبَلِهِ وَذَلِكَ قَوْلُ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ: (يَوْمَ يَأْتِي بَعْضُ آيَاتِ رَبِّكَ لَا يَنْفَعُ نَفْسًا إِيمَانُهَا لَمْ تَكُنْ آمَنَتْ مِنْ قبل) رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Zirr ibn Hubaysh aytdi: Men Safvon ibn Assol al-Murodiy (roziyallohu anhu)ning oldiga keldim. U menga: «Seni nima (ish) keltirdi?» dedi. Men: «Ilm istab (keldim)», dedim. U: «Menga yetishishicha, farishtalar ilm talab qiluvchidan, u qilayotgan (ish)dan rozi boʻlib, unga qanotlarini yozar ekan», dedi. Men: «Koʻnglimga maxsi ustiga masah qilish (masalasi)dan bir narsa tushdi, Rasululloh ﷺdan bu haqda biror narsa yodlaganmisan?» dedim. U: «Ha, biz safarda boʻlganimizda janobatdan boshqa (holatda) — balki gʻoit, bavl va uyqudan (boʻlsa) — maxsilarimizni uch (kun) yechmaslikka buyurilgan edik», dedi. Men: «Rasululloh ﷺdan muhabbat haqida biror narsa yodlaganmisan?» dedim. U: «Ha, biz Rasululloh ﷺ bilan baʼzi safarlarida edik. Qavmning oxirida boʻlgan, dagʻal va qoʻpol bir aʼrobiy baland ovoz bilan: ‹Yo Muhammad, yo Muhammad!› deb chaqirdi. Qavm unga: ‹Boʻldi qil, sen bundan qaytarilgansan-ku›, dedilar. Rasululloh ﷺ unga uning ovoziga yaqin (ovoz) bilan: ‹Hov!› deb javob berdilar. U kishi: ‹(Bir) kishi bir qavmni sevadi-yu, ammo hali ularga yetmagan (boʻlsa, holi nima boʻladi?)›, dedi. Rasululloh ﷺ: ‹Kishi oʻzi sevgan kishisi bilan (birga) boʻladi›, dedilar», dedi. Zirr aytdi: U menga gapirishda davom etib, oxiri Alloh magʻribda eni yetmish yillik masofa boʻlgan bir eshikni tavba uchun qilganini, u quyosh oʻsha tomondan chiqquncha yopilmasligini menga aytdi. Bu — Alloh azza va jallaning: {Robbingning baʼzi oyatlari keladigan kunda, ilgari iymon keltirmagan kishiga (oʻsha kundagi) iymoni foyda bermas} (Anʼom 158) degan soʻzidir. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.